Abituriyentlar uchun o'quv kurslari boshlandi

    Xabar berganimizdek, korxonamizning 27 nafar ishchi xodimlari D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahar filialida o'qish uchun hujjat topshirishgan edi.

    "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJning rahbariyati tomonidan ularning bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgani, o'quv kurslari tashkil etilishi bo'yicha ma'lumot berib o'tgan edik.

    2022-2023-o'quv yili sirtqi ta'lim shaklida o'qish istagini bildirgan xodimlar (Abituriyent) uchun 1-avgustdan 20-sentyabrga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 11:30 dan 13:00 gacha rus tili, 14:00 dan 15:30 gacha kimyo fanidan o'quv kurslari boshlandi.

    Tasdiqlangan xodimlar ish smenalari vaqtida oylik ish haqi saqlangan holda o'quv kurslarida ishtirok etishadi.

    Abituriyentlarimizning puxta bilim olishlari uchun Angren shahar xalq ta'limi bo'limi tomonidan tavsiya etilgan ustoz-murabbiylar bilim berishmoqda.

    O'quv kurslarining ilk kunlari xodimlarimiz uchun hayajonli tarzda boshlandi. Ularning har biri kelgusida oliy ta'lim muassasasi talabasi degan nomga erishish, oliy ma'lumotga ega bo'lish hamda korxonamiz rivoji yo'lida o'z hissalarini qo'shish istagida yonishmoqda. Shu sababli ustozlarning bergan har bir saboq va topshiriqlarini diqqat bilan tinglashmoqda.

    O'quv kurslari haqidagi ma'lumotni veb-saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali yoritib boramiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech