"Eng yaxshi bog'" saralanmoqda

    "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda yashil makon umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan bog'lar kundan-kunga gurkirab, chiroy ochib bormoqda. Doimiy yashillikni saqlash maqsadida tomchilab sug'orish ishlari yo'lga qo'yilgan. Natijada yer maydonlariga ekilgan sabzavot mahsulotlari pishib yetildi. Mevali va manzarali daraxtlar bo'y cho'zmoqda.

    Bugungi kun holatiga ko'ra, muhandislik mahsulotlarini boshqarish bo'limi, shinalarni sinovdan o'tkazish laboratoriyasi, qishloq xo'jaligi shinalarini ishlab chiqarish sexi hamda to'qimachilik sexi hududi yer maydonlarida tashkil etilgan bog'lar namunali bog' sifatida e'tirof etilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech