Kimyo sanoati ko'rgazmasi tashkil etildi

    25-iyul kuni innovatsion rivojlanish vazirligida "O'zkimyosanoat" AJ tarmoq korxonalarining innovatsion mahsulotlari ko'rgazmasi namoyishi boshlandi. Mazkur ko'rgazmada "O'zkimyosanogat" AJ tarmoq korxonalari tomonidan so'nggi 5 yilda innovatsion loyihalar doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalari namoyishi, ilmiy yondashuvni talab etadigan loyihalar, korxonalar va ularning innovatsion faoliyati yuzasidan taqdimotlar o'tkazilmoqda.

    Hozirda innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar fanlari bo'yicha umumiy moliyalashtirish hajmi 89,3 mlrd so'm bo'lgan jami 57 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihalarning 36 tasi oliy ta'lim muassasasi va 23 tasi esa ilmiy tashkilotlarga to'g'ri keladi. Loyihalardan ko'zlangan maqsad "O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati va uning tizimida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy yechimini kutayotgan muammolarni yechishdir.

    Ko'rgazma doirasida "O'zkimyosanoat" AJ tizimidagi tarmoq korxonalari vakillari o'z ilmiy yechimini kutayotgan muammoli masalalar yuzasidan taqdimot o'tkazdilar. Jumladan, bizning "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ vakillari ham sohaga oid ilmiy loyihalar haqida batafsil ma'lumot berishdi. Ular o'tkazgan taqdimot ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi.

    Tadbirdan ko'zlangan maqsad ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiyasini rivojlantirish hisoblanadi. Tadbir yakuni bo'yicha kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar yuzasidan yo'l xaritasi shakllantiriladi.

    Ko'rgazma 27-iyulga qadar davom etadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech