"O‘zbek tilim – iftixorim"
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PF-5850-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, 21-oktabr davlat tili maqomi berilganligiga 35 yil to'lganligi munosabati bilan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKda Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida 21-oktabr kuni korxonada faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar o'rtasida “To‘g‘ri va chiroyli yoz” diktantlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovni shaffof o‘tilishi maqsadida Angren shahri 16-ummumta’lim maktabi MMIBDO‘ Toshmatova Dilnoza tomonidan nazorat qilinib borildi. Tanlovda seh va bo‘limlardan 10 nafar ishchi xodim qatnashdi.
Tanlov yakuniga ko'ra:
Xolnazarova Soxiba Zaxidovna Rezinaqorishmalar sexi Hisob kitob yurituvchisi 1 - o'rin
Nazirxonova Aqidaxon Nodirxon qizi Rezinaqorishmalar sexi omborchisi Nazirxonova Aqidaxon Nodirxon qizi 2 - o'rin
Axmedova Dilnoza Shermuxamadovna Yig‘ish sexi hisob yuritish bo‘yicha mutahassis 3- o'rinni egalladilar.
Tanlov g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi.