“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ yillik 100 ming pogon metr konveyer lentalari, 200 ming dona qishloq xoʻjaligi shinalari va 3 million dona avtomobil shinalari ishlab chiqarish quvvatiga ega.

“Angren” EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xoʻjaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi 2269-sonli “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida Rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori asosida tashkil etildi. Korxona 2018-yil avgust oyida foydalanishga topshirildi. Loyihaning texnologik qismini amalga oshirish va foydalanishga tayyor holda topshirish "PolyTechnologies Inc." (XXR) kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

Bugungi kunda korxonada “Bars”, “Samama”, “Eco-mobile”, “Contyre”, “Prestige” kabi brendlari ostida R12 dan R18 gacha boʻlgan avtomobil shinalarining 74 turdagi, R12C dan R16C gacha boʻlgan yengil yuk transporti shinalarining 9 turdagi, qishloq xoʻjaligi shinalarining 3 turdagi oʻlchamli va mijozning maxsus buyurtmasiga koʻra kengligi 450 dan 2000 mmgacha boʻlgan yuqori sifatli, rezinatrosli va rezinamatoli 100 turdan ortiq konveyer lentalari ishlab chiqarilmoqda.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ Markaziy Osiyoda yagona avtomobil va qishloq xoʻjaligi shinalari va yirik konveyer lentalari ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Korxona xalqaro amaldagi standartlar va meʼyorlarga muvofiq yuqori sifatli va ishonchli mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech