“O‘zkimyosanoat“ AJda “KITOBXON XODIM — 2023“ ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

2023-yil 19-oktyabr kuni “O‘zkimyosanoat“ AJda 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “O‘zkimyosanoat“ AJ tarmoq korxonalari va tashkilotlari  xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “KITOBXON XODIM — 2023“ ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Jamiyatning tarmoq korxonalari va tashkilotlarida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda g‘olib bo‘lgan 11 nafar kitobxon xodimlar ishtirok etgan final bosqichi 3 ta shartdan iborat bo‘ldi.

Tanlovning respublika bosqichida “Dehqonobod kaliy zavodi“ AJ vakili Karimova Gulnoza  faxrli 1-o‘rinni,  “Navoiazot“ AJ vakili Mannonova Gulhayo  2-o‘rinni egalladi. “Birinchi rezinotexnika zavodi”  MCHJ XK vakili  Sadikova Oltinoy 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tanlov g‘oliblariga  diplom  va qimmatbaxo sovg‘alar topshirildi. Bellashuvlarda faol qatnashgan kitobxonlar esa faxriy yorliq va kitoblar to‘plami bilan taqdirlanishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech