Bayramga munosib tayyorgarlik ko'rilmoqda

    Mustaqillik bayramini munosib kutib olish va nishonlash maqsadida "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ hududida bayramoldi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

    Barcha sex va bo'lim xodimlari o'zlariga biriktirilgan yer maydonlarida obodonlashtirish ishlarini bajarishdi. Daraxt ko'chatlari sug'orilib, tagi yumshatildi hamda ohaklandi. Sabzavot va poliz mahsulotlari, gul ko'chatlari ham sug'orildi. Yer maydonlari begona o'tlardan tozalanib, atrof-muhit tozaligi ta'minlandi.

    Tashkil etilgan obodonlashtirish ishlarida barcha uyushqoqlik bilan harakat qildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech