Murosasiz o‘tgan korxona birinchiligi

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ Xkda 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabr kunidagi PF-6099-sonli "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, ayol ishchi-xodimlari o'rtasida sportning shashka turi bo‘yicha musobaqada o‘tkazildi.

   Barcha ayollar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otgan aql-idrok bahsi yakuniga koʻra, Konveyer tasmalari ishlab chiqarish sehi operatori Nishonova Dildora Mamidovna g‘olib deb topildi va 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda taqdirlandilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech