“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK "Tatneft" Guruhi yosh yetakchilarining forumida qatnashmoqda

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK Ichki kommunikatsiyalar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar bilan ishlash guruhi rahbari B.R. Mamatov joriy yilning 30-31 yanvar kunlari bo‘lib o‘tayotgan "Tatneft" guruhi yosh yetakchilarining IV forumida faol ishtirok etmoqda.

Ushbu forumdan ko'zlangan maqsad - korporativ madaniyatni yetkazish qobiliyatiga ega bo'lgan hamda samarali aloqa vositalaridan foydalana oladigan "Tatneft" guruhining yoshlar yetakchilari hamjamiyatini rivojlantirish va yosh xodimlarni Kompaniyaning yoshlarga oid siyosatini faol amalga oshirishga jalb qilishdir.

Forumda korporativ madaniyat va yoshlar siyosatini rivojlantirish boʻyicha mutaxassislar, yosh mutaxassislar Markaziy kengashi yo'nalishlari yetakchilaridan iborat 274 ta xodim qatnashmoqda.  

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech