“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda kasb bayrami

Kimyo sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlangan jamoaning tantanali yig‘ilishida “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati ma’muriyati vakillari tomonidan jamiyatning eng yaxshi mutaxassislariga “O‘zkimyosanoat” AJ diplomi va tashakkurnomalari topshirildi.

27-may kuni “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida kasb bayrami – Kimyo sanoati xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan Spartakiada va ijodiy ko‘rik-tanlovlar yakunlarining tantanali sarhisobi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda zavod bosh direktori G.I.Ibragimov, kasaba uyushma qoʻmitasi raisi D.A.Alimov, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari, faollar, musobaqa gʻoliblari, sportchilar va yoshlar ishtirok etdi.

Umuman olganda, “Kimyogarlar kuni” bayrami arafasida “BRZ” MChJ tomonidan 70 nafardan ortiq sportchi va faollar taqdirlandi.

Natijalarga kelsak, «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJ Spartakiadasi raqamlarda quyidagicha:

  • 3 sport turi;
  • 10 ta bo'linma - ishtirokchilar;
  • 20 dan ortiq g'oliblar;
  • 55 nafar xodim ko‘rik-tanlovlar faoli va ishtirokchisi bo‘ldi;
  • 15 ta jamoaviy va 6 ta shaxsiy musobaqa bosqichlari g‘oliblariga mukofotlar berildi;
  • ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasidan pul mukofotlari, sovg‘alari va kuboklari.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech