Biz zo‘ravonlikka qarshimiz

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda jamoat tashkilotlari hamkorligida korxonada faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar ishtirokida «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar» kampaniyasi doirasida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu davra suhbatida korxonaning Bosh direktor maslahatchisi B.Mamatov, Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi O.Sadiqovalar ishtirok etishdi.

    Muloqot chog‘ida yurtimizda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlar huquq va manfaatlari himoyasi, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Oiladagi erkak va ayollar o‘rni, bolalar zo‘ravonligini sabablari va oqibatlari haqida ma’lumotlar berildi.

     Ayollarga nisbatan  o‘tkazilgan tazyiq va zo‘ravonlik jazosiz qolmasligi, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish uchun har bir ayol va erkak xodimlarda ham daxldorlik, ma’suliyat hissi bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech