"BRZ" – sanoat yarmarkasida...

    Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan Chirchiq shahridagi "Chirchiq kimyo-industrial texnoparki"da hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo'lib o'tmoqda.

    Unda "O'zkimyosanoat" AJ tarmoq korxonalari tarkibida bizning "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ ham munosib ishtirok etayotir. Iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalarning sanoat salohiyatini yanada oshirish, import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish, mahalliylashtirishni kengaytirish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur nufuzli sanoat anjumani bugun ham davom etadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech