Hamkorlik natija bermoqda

    "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda shinalarni "UzautoMotors" AJ talablari asosida omologatsiya qilish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga qadar Tracker va Onix avtomobillarining 4 turdagi shinalarining 1-bosqich test sinovlari General Motors Brazil (Braziliya) sinov poligonida va Smithers LingLong (Xitoy Xalq Respublikasi), Smithers LPG (AQSh) laboratoriyalarida yakunlandi.

    Olingan natijalarga ko'ra, korxonamiz xodimlari hamda LingLong (AQSh hamda Xitoy) kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda shinalarning konstruktsiyasiga zarur bo'lgan o'zgartirishlar kiritildi. Ushbu o'zgartirishlarga asosan korxonamizda 4 turdagi shinalarni qayta ishlab chiqarish ishlari olib borilmoqda.

    Bugungi kunda Damas avtomobilining 1 turdagi shinalari General Motors Korea (GMTCK, Janubiy Koreya) poligonida va Smithers LingLong (XXR), Smithers LPG (AQSh) laboratoriyalarida sinovdan o'tkazilmoqda. Sinov natijalari oktyabr oyida yakunlanadi. Shundan so'ng natijalar tahlil qilinadi va tasdiqlash uchun General Motors kompaniyasiga yuboriladi.

    Bundan tashqari korxonamizda Tracker va Onix avtomobillarining 2 turdagi zahira shinalarini loyihalash ishlari olib borilmoqda. Ushbu shinalarning dastlabki namunalarini dekabr oyida ishlab chiqarish va test sinovlariga yuborish rejalashtirilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech