“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK 2023-yil sarhisobi

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKda 2023-yil davomida Kasaba uyushmasi hamkorligida sport musobaqalari, tanlovlar va “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida tarixiy shaharlarga sayohatlar uyushtirildi.    

Korxona ishchi-xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida "Zakovat - intellektual o‘yini", "Kitobxon xodim", "Yilning eng faol yosh kimyogari", “Yil ayoli” hamda boshqa turli tanlovlar o‘tkazildi.

“Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Eng namunali maʻnaviyat xonasi” nominatsiyasi boʻyicha o’tkazilgan tanlovda, 21 ta korxona va tashkilotlar ishtirok etgan tanlovda “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK 1-oʻrinni  egalladi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari oʻrtasida o'tkazilgan "Zakovat - intellektual o‘yini"da “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK faxrli 1-o'rinni  egalladi.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK faol ishchi-xodimlari, Kasaba uyushmasi faollari, yoshlari, faol ayollari, sport musoboqalari va tanlovlar gʻoliblari uchun 2023-yil 18-19-avgust kunlari tarixiy va navqiron Samarqand  hamda  2023-yil 15-sentyabr kuni Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi.

“Birinchi rezinotexnika zavodi “MCHJ XK Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida  korxonada ish faoliyatini olib borayotgan ishchi-xodimlarning farzandlaridan 22 nafari 2023-yil 19-avgustdan — 31-avgustga qadar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Afsona”  bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga yuborildi.

2023-yil 19-oktyabr kuni “O‘zkimyosanoat“ AJ tarmoq korxonalari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “O‘zkimyosanoat“ AJda 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan "KITOBXON XODIM — 2023" ko‘rik-tanlovining respublika bosqichidа “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK xodimi Sadikova Oltinoy 3-o‘rinni egalladi.

2023-yil 21-noyabrda “O‘zkimyosanoat” AJ hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan hamkorlikda “Ammofos-Maxam” AJda  “Yilning eng faol yosh kimyogari” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xom-ashyo materiallarini mahalliylashtirish bo‘limi boshlig‘i  Bozorov Axror Turayevich“Yilning eng faol yosh kimyogari” deb topilib, 1- o‘rinni egalladi.

2023- yil 28-noyabr Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi tomonidan “Yil ayoli” ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi o‘tkazildi. Toshkent viloyatining 22 shahar va tumanidan 78 nafar ishtirokchi ishtirok etgan tanlovda “Yil ayoli – o‘z kasbining ustasi” nominatsiyasida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKdan ishtirok etgan Sifat bo'limi muhandisi Muqaddas Amanovna Xudayqulova 2-o‘rinni egalladi.

Korxona yoshlarini sportga keng jalb qilish maqsadida, yoshlar o‘rtasida mini futbol, volleybol, stol tennisi, armrestling, shaxmat, shashka musobaqalari o‘tkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech