“Yil ayoli – 2023” tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati qaroriga muvofiq Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash Davlat maqsadli jamg‘armasi  tomonidan “Yil ayoli” ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi o‘tkazildi. Toshkent viloyatining 22 shahar va tumanidan 78 nafar ishtirokchi ishtirok etgan tanlovda, “Yil ayoli – o‘z kasbining ustasi” nominatsiyasida qatnashayotgan 15 nafar ishtirokchi orasida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKdan ishtirok etgan Sifat bo'limi muhandisi Muqaddas Amanovna Xudayqulova ikkinchi o‘rinni egalladi.

 G‘oliblarga diplom va sovg‘alar topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech