KORXONA XOTIN-QIZLARI O‘RTASIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida 11-noyabr "Kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XK хotin-qizlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha korxona birinchiligi o‘tkazildi.

Unda korxonaning bo‘lim va sexlaridan tashkil topgan xotin-qizlar jamoalari ishtirok etdi. Musobaqa natijasiga ko‘ra:

1-o‘rin - FMS va KT laboratoriyasi jamoasi;

2-o‘rinAvtomobil shinalari ishlab chiqarish sehi jamoasi;

3-o‘rin - Konveyer tasmalari ishlab chiqarish sehi jamoasi.

G‘olib jamoalar kubok va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech