Chaqqonlik bahslarda sinaldi

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan korxona ishchi-xodimlarining boʻsh vaqtini unumli tashkil etish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida muntazam ravishda sport musobaqalari oʻtkazib kelinmoqda.

    Stol tennisi boʻyicha oʻtkazilgan sport musobaqasida barcha seh va boʻlimlardan sportsevar ishchi-xodimlar ishtirok etishdi va oʻzaro bellashishdi. Oʻtkazilgan bu kabi sport musobaqalari ishchi-xodimlarning ish samaradorligiga ijobiy taʼsir qilishi bilan ahamiyatlidir.

     Musobaqa stol tennisi qoidalariga muvofiq oʻtkazildi. Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuvda Energota’minot va kommunal xo‘jalik bo‘limi xodimi Aminov Anvar Xasanbayevich gʻoliblikni qo‘lga kiritdi va 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda taqdirlandilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech