Korxonada shaxmat-shashka musobaqalari o‘tkazildi

"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XKda Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida 2024-yil 14-mart kuni “Navro‘z” umumxalq bayrami  «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!» shiori ostida shashka-shaxmat musobaqasi o‘tkazildi. Barcha seh va bo‘limlardan 27 nafar ishtirokchi qatnashishdi.

   Oʻtkazilayotgan aql charxi musobaqasi ishchi-xodimlarimizda katta qiziqish uygʻotmoqda, deydi - Ichki kommunikatsiyalar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar ishlari bo‘yicha guruh rahbari Baxtiyor Mamatov.      

   Bu kabi sport musobaqalari Prezidentimizning qarori ijrosini taʼminlash, qolaversa, ishchi-xodimlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish va shaxmatning ommaviyligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bir-biridan kuchli ishtirokchilarning aql-idrok bahsi yakuniga koʻra, shaxmat turi bo‘yicha Shina va konveyer lentalarini konstruksiyalash guruhi rahbari  Ilxomov Azizjon – 1-o‘rin, Komponentlar ishlab chiqarish guruhining planka boʻyicha mutaxassisi Xasanov Ilxom – 2-o‘rinXom ashyo Laboratoriya xodimi Nurmuxamedov Murodxon – 3-o‘rinni, shashka bo‘yicha esa Vulqonlash sexi guruh rahbari G‘ulomov O‘rol 1-o‘rin, Qishloq xo‘jalik shinalari ishlab chiqish sexi xodimi Nishonova Dildora – 2-o‘rin, Konveyer tasmalari ishlab chiqarish sehi yig‘uv liniyasi operatori Sayidqulov Diyorbek – 3-o‘rinni egallashdi.

G‘oliblar korxonada o‘tkaziladigan “Navro‘z” umumxalq bayramida qimmatbaho sovg‘a hamda diplom bilan taqdirlanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech