Normativ-huquqiy hujjatlar xususida ma’lumot berildi

    "Farg‘onaazot" AJda davom etayotgan seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti mas’ul xodimi Zafar Ro‘ziyevning  davlat tiliga oid qabul qilingan qonunchilik hujjatlari xususida ma’ruzasi tinglandi.

    Shuningdek, seminar davomida 2019-2021 yillarda davlat tilini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori haqida batafsil tushuntirish berib o‘tildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech