“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

Joriy yilning 2-noyabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida  “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilangan edi. Bunday keng ko‘lamli tashabbusning amalga oshirilishi natijasida shaharlarimizdagi yashil maydonlar hududi hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshiriladi.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilib, jumladan korxona hududida daraxt ko‘chatlarini ekish uchun joylar tayyorlanmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech