Quyosh fotoelektr stansiyasi – energetika tizimidagi ulkan qadam

    Mamlakatimizda "Yashil energetika"ni rivojlantirish, xususan, quyosh va shamol elektr stantsiyalarini qurish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

    Prezidentimizning 2019-yil 22-avgustdagi "Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bu ishlarni yanada samarali tashkil etishda muhim hujjat hisoblanadi.

    Ayni shu talablardan kelib chiqib, "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda joriy yilning 1-iyun sanasiga qadar "O'zelektroapparat" tomonidan jami quvvati 150 kVt bo'lgan fotoelektr stansiyalari hamda 1000 litr hajmli quyosh suv isitgichi o'rnatildi. Natijada fotoelektr stansiyasi 15-iyul sanasiga qadar 34 ming 84 kVt elektr energiyasini ishlab chiqargan. Bugungi kunda korxonamizda umumiy elektr tizimi kunlik o'rtacha ishlab chiqarish 757,5 kVtni tashkil qilmoqda. O'rnatilgan quyosh suv isitish qurilmasi esa korxonamiz oshxonasini issiq suv bilan ta'minlamoqda.

    O'z navbatida, amalga oshirilayotgan bu kabi loyihalar tufayli zavodda elektr energiyaga bo'lgan talabni qondirish barobarida sohada yangi ishlab chiqarish yo'nalishlari, zamonaviy texnologiyalar paydo bo'lishiga zamin yaratilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech