Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!

“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan  «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!» shiori ostida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda 2024-yil 19-mart kuni Kasaba uyushma qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Navro‘z” sayli o‘tkazildi. Bаyram munosabati bilan korxona ishchi xodimlari uchun Kasaba uyushma qoʻmitasi bilan hamkorlikda bayram  dasturxoni yozildi.

Navro‘z xalqimizning azaliy qadriyatlari mujassamlashgan umumxalq bayramidir. Bu xalqimiz orasida milliy o‘yinlar, qadriyatlar, qo‘shiq va laparlarning  ommalashishiga xizmat qilish bilan birga bahor boshlanganligidan darak hamdir. Bayram tadbiri quvnoq kuy va qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech