Sport - sog‘lik garovi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslardan biri  xotin-qizlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.  Shu maqsadda 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XKda Kasaba uyushma qo‘mitasi va jamoat tashkilotlari hamkorligida xotin-qizlar o'rtasida "Sport - sog‘lik garovi" shiori bilan spartakiada sport musobaqasi tashkil etildi. Unda korxonaning seh va bo'limlaridan 5 ta jamoa o'zaro bellashishdi.

        Xotin-qizlar o'rtasida sportni yanada rivojlantirish davlatimiz miqyosida amalga oshirilmoqda, jumladan ushbu sport musobaqalarini korxonamiz miqyosida muntazam ravishda o'tkazilishi xotin-qizlarimizning sog'lom turmush tarziga rioya qilishlari, bo'sh vaqtlarini unumli va mazmunli tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Ishtirokchilar yugurish, arqonda sakrash kabi shartlar asosida qizg'in va murosasiz bahsga kirishishdi. Jamoalar barcha shartlarda munosib ishtirok etishdi. Yakuniy natijalarga ko'ra Sifat nazorati bo'limi nazoratchisi Ergasheva Xolbu Nurmamatovna g‘olib deb topildi va va qimmatbaho sovg‘a hamda diplom bilan taqdirlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech