Yangi bozor uchun raqobatbardosh mahsulotlar kirib kelmoqda

Ilgʻor texnika va texnologiyalardan foydalanish, materiallarning yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishdagi mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga koʻtarish, ishlab chiqarishning boshqa bir qator texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilash asosida uning samaradorligini oshirish bugungi kun sanoatining dolzarb vazifalaridandir.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda ishlab chiqarilayotgan shinalar nomenklaturasini kengaytirish hamda eksport hajmini oshirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining “Formula Avto Plyus” kompaniyasi tomonidan yuborilgan 6 turdagi “Contyre” brendi ostida quyidagi:

  1. 195/50R15 (Vegas)
  2. 205/70R15 (Cross Road)
  3. 235/75R15 (Expedition)
  4. 205/55R16 (Megapolis 3)
  5. 205/60R16 (Megapolis 3)
  6. 225/75R16 (Expedition)

avtomobil shinalarini “off-take” shartnomasiga asosan, joriy yilning oktyabr oyi yakuniga qadar Ilmiy-texnik markaz tomonidan oʻzlashtirish va ishlab chiqarish amalga oshiriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech